Tez-tez beriladigan savollar

1. Аджисепт® shimish uchun pastilkalarining boshqa pastilkalarga nisbatan o'ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?
Аджисепт tarkibida tomoq og'rig'ini bartaraf etuvchi ikkita faol moddalar mavjud. Ta'mlarning keng assortimenti individual foydalanish uchun eng maqbulini tanlashga imkon yaratadi.
2. Аджисепт® shimish uchun pastilkalarini qandli diabet bilan kasallangan odamlar qabul qilishlari mumkinmi?
Аджисепт preparatini qabul qilishda qandli diabetga chalingan bemorlar har bir pastilka tarkibidagi shakar miqdorini hisobga olishlari kerak. Faqatgina endokrinolog bilan maslahatlashib, so'ngra qabul qilish mumkin.
3. Аджисепт® mahsulotlari assortimentida glyutensiz mahsulotlar mavjudmi?
Аджисепт barcha turlari glyutensizdir.
4. Аджисепт® shimish uchun pastilkalari bir-biridan nimasi bilan farq qiladi, qaysi birini tanlash lozim?
Аджисепт pastilkalari faqat ta'mi bilan farq qiladi. Mikorblarga qarshi ta'siri barcha turlarida bir xildir.
5. Bosh og'rig'iga qarshi preparatni qabul qilgandan so'ng tomoq og'rig'iga qarshi Аджисепт®ni qabul qilish mumkinmi?
Аджисепт preparatining boshqa guruh dori-darmon preparatlari bilan klinik jihatdan o'zaro ta'siri aniqlanmagan.
6. Аджисепт®ni bolalarga berilishi mumkinmi?
5 yoshdan boshlab bolalar Аджисепт qabul qilishlari mumkin.
7. Аджисепт® ning dozasi - kunlik dozasi qancha?
Аджисепт preparatining maksimal bir sutkalik dozasi - 8 pastilkadan ko'p emas.
8. Bodomsimon bez olib tashlanganidan so'ng, jarrohlikdan keyingi davrda Аджисепт® ni qabul qilish mumkinmi?
Bunday hollarda Аджисепт foydalanish bo'yicha klinik ma'lumotlar mavjud emas. Jarrohlikdan so'ng, albatta, davolovchi shifokoringiz bilan maslahatlashing.
9. Tomoq og'rig'ining sababini aniqlash qanchalik muhim va bu tashxis davolash usulini tanlashga qanday ta'sir ko'rsatishi mumkin?
Og'riq sababini aniqlash juda muhim, chunki bakterial infeksiya antibakterial preparatlar bilan qo'shimcha davolashni talab qiladi.
10. Аджисепт® ni qayerdan sotib olish mumkin?
Аджисепт shahringiz dorixonalardan sotib olishingiz mumkin.
© 2020 AGIO Pharmaceuticals LTD, Hindiston - Barcha huquqlar himoyalangan

"AMRITA PHARMA" MChJ
Yakkasaroy tumani, Bobur ko'chasi 77. 505-ofis Tel. 78 150 41 03
Аджисепт shahringiz dorixonalardan sotib olishingiz mumkin